Kompromatuzb ishi bo‘yicha hukm o‘zgarmadi

Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining appelyatsiya sudlov hayʼati Kompromatuzb ishi bo‘yicha sudlanuvchilarning shikoyatlarini ko‘rib chiqib, hukmni kuchida qoldirishga qaror chiqaribdi.

Sudlanuvchilar Xurshid Daliyev hamda Siyovush Hoshimovlarning advokatlari tomonidan keltirilgan appelyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmagan.

Qonunga ko‘ra, appelyatsiya sudidan so‘ng hukm kuchga kiradi va sudlanuvchilar jazoni ijro etish muassasasiga etap qilinadi.

Hamkasb do‘stlarimizning mushkulini xudo artsin! Xurshidning farzandlari ijro etgan mana bu xirgoyini eshitib ko‘zimga yosh keldi!

#Kompromatuzb

Оставьте ответ

Ваш электронный адрес не будет опубликован. Обязательные поля отмечены *